Ulug‘bek Baqoev "So‘g‘diyona" klubi bosh murabbiyi sifatida qaydnomaga kiritildi (Foto)

  • 21.04.2019 18:33
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Superliga 4-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "So‘g‘diyona" uchrashuvidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Sergey Lushchan iste’fo berganini matbuot anjumanida ma’lum qilgandi.

Shundan so‘ng jizzaxliklar rahbariyati tezda murabbiylik kursisiga nomzod qidirishdi. SPORTS.uz saytida bir necha kun oldin "So‘g‘diyona" klubini endi "Buxoro" klubining sobiq ustozi Ulug‘bek Baqoev boshqarishi borasida xabar chop etilgandi.

Bugun "So‘g‘diyona" klubining "Metallurg"ga qarshi qaydnomasida Ulug‘bek Baqoevning jizzaxliklar ustozi ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

photo_2019-04-21_18-23-23

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!