Umid Ahmadjonov “Oliver Kann akademiyasi” ijrochi direktori va menedjeri bilan uchrashdi

  • 18 mart, 2018, 16:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Germaniyaning afsonaviy darvozaboni, Evropa chempioni va Jahon chempionati kumush medali sovrindori Oliver Kanning akademiyasi ijrochi direktori Morits Mattes va menedjeri Robert Niemann yurtimizga tashrif buyurishgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Germaniyalik mutaxassislar bugun O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov yaqinda muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra yurtimizda Ixtisoslashtirilgan Davlat maktab-internatlari bazasida 14ta hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasini tashkil qilish belgilab qo‘yilgani haqida aytib o‘tdi. Mazkur akademiyalarda Evropaning futboli rivojlangan mamlakatlari akademiyalari tizimini joriy qilish va shu yo‘l orqali akademiya tarbiyalanuvchilarini yangicha zamonaviy uslubda tayyorlash asosiy maqsad ekanini ta’kidlar ekan, Germaniyaning “Oliver Kan akademiyasi” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ayni muddao bo‘lishini aytib o‘tdi.

Yurtimizdagi akademiyalarda kuchli va yuqori saviyali futbolchilarni etishib chiqishini ta’minlashda “Oliver Kann akademiyasi”ning boy tajribasi, zamonaviy uslublari, samarali metodikasi qo‘l kelishini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Umid Ahmadjonov afsonaviy darvozabon Oliver Kanning o‘zini ham yurtimizga taklif qildi.

Morits Mattes va Robert Niemann “Bunyodkor”dagi akademiyaga tashrif buyurib, u erdagi shart-sharoitlar, o‘qitish uslublari bilan yaqindan tanishishadi. Keyin yurtimizdagi futbol akademiyalarida zamonaviy uslublardan foydalangan holda o‘quv tizimini yo‘lga qo‘yish borasida o‘z takliflarini taqdim qilishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!