Unay Simon “quruq” darvozabon chiqib qoldi

  • 03.07.2026 14:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya milliy terma jamoasi darvozaboni Unay Simon jahon chempionati 1/16 finalida Avstriyaga qarshi o‘yinda darvozasini yana daxlsiz saqladi.

Ispaniya — Avstriya — 3:0

Gollar:

  • 36-daqiqa — Mikel Oyarsabal
  • 66-daqiqa — Pedro Porro
  • 89-daqiqa — Mikel Oyarsabal

Shu tariqa, Simon  jahon chempionatlarida 519 daqiqa davomida gol o‘tkazmasdan  bu ko‘rsatkich bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.

U avvalgi rekord egasi — italyalik Valter Dzenganing 517 daqiqalik natijasini ikki daqiqaga yaxshiladi.

Simon so‘nggi marta avvalgi jahon chempionatida 2022 yil 2 dekabr kuni Yaponiya qarshi bahsda gol o‘tkazgan edi (Ispaniya 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan).

U hozirgacha Ispaniya terma jamoasi safida:

  • 62 ta o‘yin o‘tkazgan;
  • 48 ta gol o‘tkazib yuborgan;
  • 28 marta darvozasini daxlsiz saqlagan.

1/8 finalda Ispaniya Portugaliya bilan to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!