Uni APLda kutishmoqda

  • 17 may, 2022, 13:10
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda "Roma" bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan Joze Mourino faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Marca" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, uni "tumanli albion"da kutishmoqda. Saudiya Arabistoni investorlari qo‘liga o‘tgan "Nyukasl" portugaliyalik mutaxassis xizmatiga qiziqish bildiryapti. 

Ta’kidlanishicha, "qarg‘alar" rahbariyati jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Eddi Hauni muvaffaqiyatli o‘yinlarga qaramay, ishdan olmoqchi. Uning o‘rni tajribali Mourino bilan to‘ldiriladi.

59 yoshli mutaxassisga APL begona emas. U "Chelsi", "Manchester Yunayted" hamda "Tottenhem" kabi klublar boshqaruvida ishlagan. Joze joriy mavsum avvalida "Roma"da ish boshladi va Evropa Konferentsiyalar ligasi finaliga chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!