
“US Open”ning amaldagi g‘olibi uchun mavsum yakunlandi
Jahonning to‘rtinchi raketkasi Sten Vavrinka tizzasini operatsiya qildiradigan bo‘ldi.
“Jamoam va shifokorlar bilan maslahatlashganimdan so‘ng, sizlarga og‘ir xabarni e’lon qilaman. Men shifokorlar bilan kelishgan xolda tizzamni operatsiya qildirishga qaror qildim.
Bu menga bir necha yillar mobaynida yana yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatishim uchun yagona yo‘ldir”, – deb o‘zining “Facebook” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi shveytsariyalik tennischi.
Qayd etish joiz, Vavrinka katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi “US Open” turnirining amaldagi g‘olibi sanaladi.
Fikrlar