
Useyn Bolt: Van Deykning davri kelgandur, ammo MYu muxlisi sifatida Ronalduga ovoz beraman
Olimpiyadaning 8 karra chempioni Useyn Bolt FIFAning yil laureatlari borasida fikrlarini bildirdi.
van Deyk, Ronaldu va Messi. Qay birini yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga loyiq deb hisoblaysiz?
Uchchalasi ham ajoyib futbolchilar. Ronaldu va Messi 5 marotabadan bu sovrinni qo‘lga kiritishgan. Van Deyk esa UEFA tomonidan beriladigan yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. "Liverpul"da fantastik mavsumni o‘tkazdi. Balki uning yili kelgandur. Ammo men "Manchester Yunayted" muxlisi sifatida Krishtianu Ronalduni qo‘llab-quvvatlayman," - dedi Bolt.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik forvard 2003-2009 yillarda MYu sharafini himoya qilgan.
Fikrlar