Ushbu kunda: Murodjon Ahmadaliev, Isroil Madrimov va Shahram G‘iyosov...

  • 24 noyabr, 2020, 22:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

2018 yil 24 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu Jersi shtatidagi "Hard Rock & Kazino" arenasida profescional boks oqshomi bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu kecha Rossiyaning RCC va "Mir Boksa" promouterlik kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda o‘zbekistonlik 3 bokschi ringga ko‘tarilgandi.

55 kg vazn toifasida Murodjon Ahmadaliev  5-professional jangini o‘tkazgan va o‘zining WBA Inter-Continental kamarini amerikalik Ayzek Zaratadan ( 16-3-3, 2 KO o‘sha vaqtda)  himoya qilgan. O‘sha paytda Murodjon Ahmadaliev WBA reytingida uchinchi, Ayzek Zarata esa oltinchi pog‘onada edi. Ushbu jang WBA eliminator, ya’ni jahon chempionlik kamari uchun saralash jangi, deya e’lon qilingandi. Jangda Ahmadaliev raqibini 9-raundda texnik nokautga uchratib, jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogarlikni qo‘lga kiritgan.

murod1_1

Ushbu kechada iste’dodli bokschilarimizdan yana biri Isroil Madrimov ham o‘z debyutini o‘tkazgan va ilk urinishidayoq, 10 raundlik jangda ishtirok etgan. Isroil Madrimovga super yarim o‘rta vazn toifasida WBA Inter-Continental kamari uchun kechgan bahsda Vladimir Xernandes (10-2 o‘sha vaqtda) raqiblik qilgandi. Jangni to‘laligicha o‘z nazoratida olib borgan Madrimov raqibini 6-raundda texnik nokautga uchratib, ilk jangidayoq WBA mintaqaviy kamarini qo‘lga kiritgandi.

murod2

 "Mir Boksa" promouterlik kompaniyasi bilan eng birinchi bo‘lib shartnoma imzolagan Rio Olimpiadasi kumush medal sohibi Shahram G‘iyosov ham o‘zining 6-jangini ushbu kechada o‘tkazgan. Unga anchagina tajribali bo‘lgan meksikalik Migel Zamudio (41-11-1 o‘sha vaqtda) raqiblik qilgan edi. Jang atiga 19 soniya ichida yakunlandi. Shahram G‘iyosovning tanaga yo‘llagan kuchli zarbasidan so‘ng, raqib o‘rnidan tura olmaydi va G‘iyosov o‘zining 6-g‘alabasida 5-nokautini qayd etgan.

m3

Jalol Ahmedov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!