
Usmon Dembele Xavini frantsiyalik futbolchini olish fikridan qaytardi
“Baroselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes o‘tgan yoz Frantsiya terma jamoasi o‘yinchisi Benjamin Pavarni o‘z jamoasiga qo‘shib olmoqchi edi.
Biroq Usmon Dembele Xavi Ernandesni bu himoyachini transfer qilish fikridan qaytardi. Natijada “Barselona” o‘z maqsadidan voz kechdi.
Qizig‘i shundaki, Usmon Dembelening o‘zi ham Kataloniyadan ketib qoldi. Hujumkor futbolchi PSJ chorlovini qabul qildi.
“Bavariya”da o‘ynab yurgan Benjamin Pavar “Barselona”dan taklif kelmagach, “Inter” safiga ko‘chib o‘tdi. Milanliklar tajribali himoyachi uchun 30 million evro badal puli to‘ladi va yana ikki million evroni turli bonuslar ko‘rinishida o‘tkazib boradi.
Fikrlar