Usmon Nurmagomedov: "Men UFC ga oʻtsam, hammasi oʻzgaradi"
PFL chempioni Usmon Nurmagomedov UFC ga oʻtsa, muxlislarnig bu sportga qiziqishini qaytara olishini aytdi.
"Topuriya va G’etji oʻrtasidagi bahs qaysi sanada boʻlishini aniq bilmayman. Ha, bu rost! Xabib va Konor jang qilganida esa bu haqida bolalar, onalar, buvilar gapirishardi.
Oq Uydaги turnir juda katta saviyada tashkil etiladi, biroq hozircha hech kim Iliya hamda Jastin toʻqnashuvini muhokama qilmayapti. Nega? Balki bu "mitti bola" (Topuriya nazarda tutilmoqda) oʻzi oʻylagandek mashhur emasdir... Odamlar UFC ning engil vazn toifasidagi janglariga qiziqmay qoʻydi, lekin men u yerga borsam, hammasi ijobiy tomonga oʻzgaradi", - dedi Nurmagomedov "MMA Junkie" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, Topuriya va G’etji qarama-qarshiligi 15 iyun kuni Oq Uyda oʻtkaziladi.

Fikrlar