Usmon Nurmagomedov PFL da qoladimi yoki UFC ga ketadimi?

  • 04.06.2026 00:49
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yengil vazn toifasida PFL chempioni Usmon Nurmagomedov promoushen bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqaladi.

"Bellator va PFL da 12 ta jang o‘tkazdim, bu tashkilotlarda oktagonga chiqish imkoniyati berilgani uchun minnatdorman. Ayni damda PFL jamoasi bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Biroq keyin nima bo‘lishini aniq bilmayman. Bugungi kun haqida gapirsak, yangi shartnomaga qo‘l qo‘ymaganman. Menda faqat bitta jang qoldi va bu – Archi Kolgan bilan bahs. 

PFL da qolish bo‘yicha muammom yo‘q. Menga ushbu promoushen yoqadi. Biroq hozir hech narsa deya olmayman, chunki bu menejerning ishi. O‘ylashimcha, Abdel-Aziz hammasini hal qiladi. Agar kimdir yaxshi pul taklif qilsa, biz shu yerda qolishimiz mumkin", - deya Nurmagomedovning so‘zlarini keltirdi "MMA Junkie" portali.

Eslatib o‘tamiz, Usmon Nurmagomedov va Archi Kolgan qarama-qarshiligi 31 iyul kuni Nyu-Yorkda o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!