“Uzbekistan Judo Tour” musobaqasi boshlanmoqda
Hisob bo‘yicha “Uzbekistan Judo Tour” musobaqalarining ettinchisiga Jizzax shahri mezbonlik qilmoqda.
"Jizzax kibersport arenasi"da o‘tadigan murosasiz bellashuvlar jami 5 ta vaznda tashkil etiladi. Erkaklar o‘rtasida -60, -73, +90 kg, ayollarda esa -57 kg vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.



Fikrlar