Vadim Abramov: Jamoam yaxshi o‘yin ko‘rsatmadi, buni tan olaman

  • 29 yanvar, 2020, 17:42
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

«Al Ayn» - «Bunyodkor» (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Nima deyishim mumkin? Doim shunday bo‘lib kelgan. O‘zbekistonda mavsum boshlanmagani jamoa o‘yiniga ta’sir qiladi. Bugun ham shunday bo‘ldi, jamoam yaxshi o‘yin ko‘rsatmadi, buni tan olaman. Raqib bizga qaraganda yaxshiroq ko‘rindi. Shunday bo‘lsa-da, bu safar ham faqat ijobiy natijadan umid qilgandik. 

Musobaqani OFK o‘tkazadi. Biz esa taqvimni hurmat qilgan holda maydonga tushamiz. Agar taqvim noto‘g‘ri desam, bu bahona bo‘lib qolishi mumkin. Lekin rostini aytganda mavsum boshlanmagani baribir rol o‘ynaydi. Mag‘lubiyat futbolchilarning ruhiyatiga ta’sir qilmaydi. Ta’sir qilgan taqdirda ham O‘zbekistonda yangi mavsum 28 fevraldan boshlanadi. Ungacha jamoa o‘ziga kelib oladi, - dedi Vadim Abramov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Мурад Тулкинбаев
29/01/2020 21:31
Вадимжон сен хам Бабаян булиб колибсан
&
Hikmatov S
29/01/2020 20:49
Xay mayli. Keyingi safar omadimiz keladi.
&
Elyor@
29/01/2020 18:55
Худди мен ўйлагандек фикр билдирибди.Оддий гаплар.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
29/01/2020 17:56
Shu murabbiyni hurmat qilaman. oldinki safar uynatkaniga yahshi uynatuvdi. MTJ lekin. keyin uylap qolaman. Loka kuchli sastav bilan uynatib olmadi. Fargonani Neftchi ham uynatib olmadi agar haqiqatdan kuchli bulsa Neftchini hech bulmaganda oliy lega olib yurardi. yuq joydan bor qilib. yosh uyinchilarni yigib. utkan yil Bunyotkor tugri yahshi uynatdi. lekin utkan yil uzi chempionatimiz kuchli utmadi man kup uyinlarni kurib. shu fikrga keldim tugri uyin buyicha Nasaf bir bosh ustin uynadi. Nasaf yutqazgan uyinlarga ham. yoshlar. yoqoridan kelgan tup utkazib va sudiyalarni hatosi bilan yutqazdi. Kechaki Bunyotkor chiqishi juda qatiq ishonuvdim. qisqasi. Odamni yana Asap qilishdi.