
Vadim Abramov keyingi mavsum "Bunyodkor"da ishlamaydi!
Xabaringiz bor, Vadim Abramov bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Bunyodkor" klubida bosh murabbiylik qilayotgandi. Endi Vadim Karlenovich keyingi yildan e’tiboran, faqat milliy jamoada ishlaydi, "qaldirg‘ochlar"ni tark etishiga to‘g‘ri keladi. Bu borada bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining keyingi davrning dolzarb vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilingan.
Terma jamoalar murabbiylarining ikkita joyda ishlashi, Vadim Abramovning o‘rniga Shota Arveladze variantiga munosabat - Xayrulla Hamidov
Shuningdek, O‘zbekiston U-22 murabbiyi Ravshan Haydarov "Surxon"dagi va U-19 ustozi Timur Kapadze "Lokomotiv"dagi faoliyatini to‘xtatishi kerak bo‘ladi.
O‘tgan oy saytimizda terma jamoalardagi murabbiylar klublarda ham ishlashi borasida maqola yozgandik va mutaxassislarning ham fikrlarini taqdim etgandik.
Quyida ana shu maqola va sharhlovchi Xayrulla Hamidovning bu mavzuga munosabatini bilishingiz mumkin:
Fikrlar
Арвеладзени куйиш керак термага