Vadim Abramov: O‘runov zaxirada o‘tirib qolsa, terma jamoada o‘rniga boshqasi o‘ynaydi!

  • 7 avgust, 2020, 12:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ommaviy axborot vositalarida O‘zekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Oston O‘runovning “Spartak” jamoasiga o‘tgani keng muhokama qilinmoqda. Albatta, bu transfer o‘zbekistonlik mutaxassislar e’tiborida ham turibdi. Sport saytlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi  bosh murabbiyi Vadim Abramovning bu voqealarga munosabati va fikrlari e’lon qilindi.

Tecno

92726d56b49506cacdd1ffc9a44da1695f2a7fa56c938679400191

- O‘runov bilan “Spartak”ga o‘tishini muhokama qilmadik. Uning o‘z agentlari bor. O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi “Spartak”dek buyuk klubga o‘tgani men uchun yoqimli bo‘ldi. Bu unga va terma jamoaga foydali bo‘lishidan umidvormiz. “Spartak”da munosib o‘yin ko‘rsata olishi, barcha o‘zbek futbolchilari uchun yoqimli bo‘ladi, deb o‘ylayman.  U “qizil-oqlar” tarkibiga qo‘shilgan mamlakatimizning birinchi futbolchisi emas. Oston “Spartak”da o‘ynagan  o‘zbek futbolchilarining an’analarini davom ettirishiga umid qilamiz.

So‘zsiz, men uning tanlovini qo‘llab-quvvatlayman. Albatta, Oston doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasligi kabi variant ham bor. Lekin u iqtidorli futbolchi va “Spartak” uning talantini  rivojlantira olsa zo‘r bo‘lardi. Har bir mamlakatning o‘ziga xos past-baland tomonlari bo‘ladi. Murakkab joyi yo‘q. Oston o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa, demak O‘zbekiston terma jamoasida uning o‘rnini boshqa futbolchi egallaydi.

Oston menga bir bor duch kelgan, lekin uni milliy terma jamoadan saralashda qatnashayotgan olimpiyachilar safiga yuborganman. Yaqindan muloqot qilmaganman. U terma jamoada Ektor Kuper bosh murabbiy bo‘lgan payt o‘ynagan. Uning insoniylik sifatlariga izoh berolmayman, chunki uni yaqindan bilmayman. O‘yin sifatiga kelsak, O‘zbekistonda eng umidli futbolchilardan biri edi va yomon o‘ynamagan. Yoshiga nisbatan juda yaxshi jismoniy ko‘rsatkichlarga ega. Maydonda to‘qnash kelganimizda, bu yigitcha o‘yinni va mas’uliyatni o‘ziga olishiga, aldab o‘tishi va aniq zarba berishiga e’tibor qaratganmiz.  

5eb4cd65111eab744f45e98760dd8

Uning yoshi haqida gapirganda, bu hammasi individual xususiyat ekanini aytish joiz. Kimdir mana shunaqa erta keladi, kimdir kechroq. Oltin o‘rta yo‘q. Agar “Spartak”da o‘ynab keta olsa, demak, hammasini to‘g‘ri qilgan bo‘ladi. O‘ynay olmasa, uning bu jamoaga o‘tishiga hali erta, degan odamlar haq bo‘lib chiqadi, - deydi Vadim Abramov.

“Spartak”: Xush kelibsan, Oston!

Rasman! O‘runov "Spartak" bilan shartnoma imzoladi!

Ajoyib transfer. O‘runov “Spartak”dan to‘g‘ri Bundesligaga ketadi!

“Rostov” va “Loko” legionerlardan voz kechishga majbur. Shomurodov va Jaloliddinov nima qiladi?

O‘runovga e’tibor va uning narxini oshishida Ahmedov va Shomurodovning hissasi katta!

“Rubin” O‘runov transferi masalasida “katta qovun” tushirdi. Shamil Gazizov g‘azabda!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!