Vadim Abramov: "Raqib 10 kishi bo‘lib qolganini inobatga olgan holda biz ochko yo‘qotdik"

  • 26 may, 2024, 06:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 9-turidan o‘rin olgan "Nasaf" – "Dinamo" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Mezbonlar dastlabki daqiqalardanoq 10 kishi bo‘lib qolishdi. Afsuski, biz bundan foydala olmadik va darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Keyin esa javob golini kirita oldik. Biroq yana durang o‘ynadik. Umuman olganda, murabbiylar uchun qiyin uchrashuv bo‘ldi.

Raqib 10 kishi bo‘lib qolganini inobatga olgan holda biz ochko yo‘qotdik, deb hisoblayman. Xokkeyda 2 daqiqada son jihatdagi ustunlikdan foydalanish mumkin. Bugun biz bir yarim soat davomida bundan foydalana olmadik", - dedi Abramov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
27/05/2024 10:16
Ундан олдин икки химойачи булганда эди овсайт булмас эди у улардан олдинда булган
Шоим Зарипов
26/05/2024 06:44
Абрамов хакамга рахмат айт бу хакам сени дустинг экан хакикатда бу ифлос Насафни синдирди бунака соткин бир томонни заказини бажараятган харом хурлар хали хам бор экан Кенжабоевни атайлаб кули билан уриб йикитган уйинчини жазоламади Бобир бирга бир чикиши мумкин булган вазиятда овсайт деб уйинни тухтатди такрорда курганимизда ундан оркада икки химоячи бор эди.