
Vadim Abramov tarkibda yuz bergan o‘zgarishlarni izohladi
Xabaringiz bor, 26 mart kuni O‘zbekiston va Gana terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Namangandagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yin 18:00 da start oladi.
Bugun ushbu bahs oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Uning ikkinchi qismida O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Biz uchun eng keraklisi oldimizda turgan rasmiy uchrashuvlarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish. Bugun Gana, ertaga Iroq bilan o‘ynaymiz. Bu bizga ayni dam qay darajada ekanligimizni ko‘rsatib beradi. Men O‘FAdagilardan minnatdorman.
Anvar G‘ofurov mening qarorim bilan terma jamoa shtabiga jalb etildi. U terma jamoaning sobiq futbolchisi va bu erda menga ko‘p yordami tegishiga ishonaman. Bu mening shaxsiy qarorim".
-Nega terma jamoa tarkibida o‘zgarish yuz berdi?
"Umuman olganda, u kengaytirilgan tarkib edi va unda o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy holat. Shuningdek, Superliganing 3-turi ortda qoldi va bir necha futbolchilar jarohat orttirib oldi. O‘z navbatida, bu ham o‘z ta’sirini ko‘rsaytmay qolmaydi. Biz esa ularning o‘rnini sog‘lom futbolchilar bilan to‘ldirishga majburmiz. Umid qilamanki, terma jamoa yig‘iniga endi jalb etilgan futbolchilar bilan yaqindan tanishib olish imkoniyati yuzaga keladi".
Fikrlar