Vadim Abramov xorijda o‘ynayotgan futbolchimizni kuzatmoqda. U O‘zbekiston MTJga nomzod

  • 31 mart, 2020, 12:11
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda koronavirus tufayli deyarli barcha chempionatlar qoldirilgan. Ammo Belarus chempionati davom etmoqda.

Tecno

Xabaringiz bor, ushbu davlatning "Energetik-BGU" klubida Jasur Yaxshiboev faoliyat yuritmoqda. Hamyurtimiz yaqindagina mazkur jamoa safini to‘ldirganiga qaramay, ishonchli o‘yin namoyish etmoqda va mahalliy mutaxassislar qatori O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramovning e’tiborini tortishga ham ulgurdi.

photo_2020-03-27_12-01-52

O‘zbekiston MTJning Armanistonga qarshi o‘rtoqlik, Yaman bilan rasmiy o‘yini qachon o‘tkaziladi? - Vadim Abramovdan javob

Yaqindagina Vadim Abramov SPORTS.uz sayti muxbiriga bergan interyusida Yaxshiboev O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod ekanligini va shu sababdan uni kuzatayotganini ma’lum qildi.

- Ha, so‘zsiz Yaxshiboevning faoliyati qanday kechayotganini legioner maqomida bo‘lgan boshqa vakillarimiz qatori diqqat bilan kuzatib boryapmiz. TV orqali uning o‘yini namoyish etildi. Yaxshiboevning maydondagi hatti-harakatlari menga yoqdi. U O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlardan biri bo‘lib qolishda davom etaveradi. Asosiysi, Jasurning ishlari joyida ekanligidan biz murabbiylar xursandmiz, - dedi mutaxassis.

5011570729878

Jasur Yaxshiboev Belarus chempionatida 2 o‘yinda 2 ta gol urdi va bir marta assistentlik qildi.

Ma’lumot o‘rnida, "Energetik-BGU" klubida yana bir hamyurtimiz Shahboz Umarov ham faoliyat yuritadi. 

Intervyuning to‘liq ko‘rinishini quyidagi link orqali o‘qishingiz mumkin>>>>>.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Яшин Ш.И
01/04/2020 10:10
Умидли футболчимизга В.Абрамовдан хам кура купрок Европа(камида Россия) жамоалари мураббийларини назари тушса узи у/н хам мухлисларимиз у/н хам термамиз у/н фойдалирок булган буларди.
Мехнат килишдан футбол уйнашдан хеч качон чарчама ва кочма, ОМАД сенга Жасур.
Кахрамонжон Сафаров
31/03/2020 15:37
5 та Игор Сергеевдан яхши ва фойдалирок мана шу йигит
Nodir Qudratov
31/03/2020 12:36
Mana shunday ligonerlar kopayaversin. Bu terma jamoaga juda foydali