Vadim Nemkov muhim qarorni qabul qilish arafasida...

  • 14.11.2023 11:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Bellator ning yarim og‘ir vazn toifasidagi amaldagi chempioni rossiyalik Vadim Nemkov Bellator yopilsa, UFC bilan shartnoma tuzishni ma’lum qildi.

Tecno

"Agar Bellator butunlay yopilsa, u holda, albatta, UFC eng katta musobaqaga aylanadi va men o‘sha erga boraman. Hozir ham hamma meni UFC da ko‘rishni istaydi,men ham bunga qarshi emasman. Ammo hozircha men Bellator daman va keyin nima bo‘lishi bilmayman,hammasini vaqt ko‘rsatadi", - deb Nemkov so‘zlarini keltiradi HFC. Avvalroq, bir qancha nashrlar Amerikaning Bellator tashkiloti faoliyatini to‘xtatib, PFL ga sotilishi haqida xabar bergan edi. Keyinchalik, Bellator vakili tashkilot yaqin kelajakda o‘z faoliyatini to‘xtatishi haqidagi ma’lumotni rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, Bellator 2008 yildan beri mavjud bo‘lib, UFC dan keyin dunyodagi ikkinchi eng yirik MMA promousheni hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!