Vagiz Galiulin “Nefteximik” safida gol kiritdi (video)
Turkiyada mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Nefteximik” klubi bugun Qozog‘istonning “Qiziljar” jamoasiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi. Unda rossiyaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
E’tiborlisi, uchrashuvda kiritilgan yagona golga hamyurtimiz Vagiz Galiulin mualliflik qildi. “Nefteximik” Turkiya yig‘ini doirasidagi navbatdagi nazorat bahsini 10 fevral kuni AGMKga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, “Nefteximik” Rossiya Milliy futbol ligasida 25 turdan so‘ng 41 ochko jamg‘argan holda 6-o‘rinda bormoqda.
Nazorat o‘yini
“Nefteximik” (Rossiya) – “Qiziljar” (Qozog‘iston) 1:0
Gol: Galiulin (37).
“Nefteximik”: Golubev, Shiryaev, Shorkin, Kalugin, Kotov, Talalay, Galiulin, Denisov (Xubaev, 65), Dvoretskov (Sharifullin, 65), Kotik, Korj.

Fikrlar