"Valensiya" - "Real" uchrashuvi qahramoni - Xesus Gil Mansano!

  • 3 mart, 2024, 05:06
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing 27-turida "Valensiya" o‘z maydonida "Real"ni qabul qildi. O‘tgan safargi bahsdan keyin muxlislar mazkur uchrashuvda nimadir sodir bo‘lishini bilishardi. Bu safar o‘yinoldi Vinisius Juniorni masxara qilganlar, yoki futbolchining ikki goli bilan irqchilarga javob qaytargani ham holva bo‘lib chiqdi. 

Dastab, ikki top faqri bilan oldinga chiqib olgan "ko‘rshapalaklar" darvozasini birinchi taym so‘nggida braziliyalik vinger ishg‘ol qilib, madridliklarni xotirjamlikka chaqirdi. 76-daqiqada esa ikkinchisini urdi. Endi g‘alaba to‘pini kiritish qoldi holos. Uchrashuv bosh hakami Xesus Gil Mansano bahsga 7 daqiqa qo‘shishga qaror qildi. "Qaymoqranglilar" esa tinmay hujum qilayotgandi. 90+9 daqiqada Braim Dias qanotdan kross amalga oshirgan paytda referi o‘yinni yakunlovchi hushtakni chaldi. Shu vaqtda Jud Bellingem boshi bilan gol urdi. 

Rasm

"Real" futbolchilari shokka tushib qolgandi. Deyarli barcha Manzanoning yoniga yugirishdi, lekin qaror qabul qilib bo‘lingandi. Endi uni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Gil bo‘lsa Bellingemga qizil kartochka ham ko‘rsatib yubordi. Endilikda yarim himoyachi La Liganing kamida 1, ko‘pi bilan esa 3 ta o‘yinida maydonga tusha olmasligi mumkin. Kartochka ham savollarni keltirib chiqardi. Sababi, futbolchi hakamga karata hech qanday qo‘pol so‘z ishlatmagani ma’lum bo‘ldi. 

Rasm

Mehmonlar qarorni qabul qila olishmadi. Xattoki tunelda ham katta janjal yuzaga kelgani borasida mish-mishlar tarqalmoqda. Asosiy ro‘llarda Antonio Ryudiger, Dani Sebalos va Vinisiuslar. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida esa Karlo Anchelotti quyidagicha fikrlar bildirdi:

"Nima ham derdik... Misli ko‘rilmagan voqea sodir bo‘ldi. Menimcha, to‘pni "Valensiya" futbolchilari qo‘lga kiritganidan keyin o‘yin tugatilishi kerak edi. Meni ko‘proq Bellingemga ko‘rsatilgan qizil kartochka tashvishga solmoqda. Bugun yaxshi uxlaymiz, chunki hali ham La Liga peshqadamimiz".

Rasm

O‘yindan keyin deyarli har bir "Real" a’zosi o‘z ijtimoiy tarmoqlarida reaktsiyalar bildirdi. Birgina Luka Modrich uchrashuvda jiddiy jarohat olgan Muxtor Diakabiga sog‘lik tiladi. Himoyachi Vinisius bilan to‘qnashu natijasida tizzasidan jarohatlandi. U tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilgan. 

Valencia v Real Madrid - LaLiga EA Sports

Futbol olamida kamdan kam kuzatiladigan bunday holat La Liga chempionligi uchun kurashayotgan "Real" bilan ham ro‘y berdi. Jamoa durang o‘ynagan taqdirda ham birinchi o‘rinda qoldi, lekin ta’qibchilar bilan oradagi farq 5 yoki 6 ochkoga etishi mumkin. Agarda Madrid klubi chempionatda g‘olib chiqolmay, chempiondan bir ochkoga qolib ketsa, ana tomoshani ko‘ring...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!