
"Valensiya" darvozaboni "Atletiko" sardorini 3ta tishidan mahrum qildi (foto)
Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Diego Godin kecha bo‘lib o‘tgan “Valensiya”ga (1:0) qarshi bahsni muddatidan avval yakunlashga majbur bo‘ldi.
Marca nashrining xabar berishicha uchrashuvning 51-daqiqasida “ko‘rshapalaklar” posboni Neto havodagi to‘p uchun kurashda qo‘llari bilan 31 yoshli urugvaylik futbolchining to‘ppa-to‘g‘ri yuziga zarba bergan. Ushbu kuchli zarbadan so‘ng Godin naqd 3ta tishidan ayrilgan.
Ta’kidlash lozimki, ushbu uchrashuvning 29-daqiqasida “Atletiko”ning boshqa bir himoyachisi Stefan Savich ham jarohat olib maydonni tark etgan edi.
Fikrlar