"Valensiya" o‘ziga yangi murabbiy topdi

  • 18.07.2020 22:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning “Valensiya” klubi o‘ziga yangi bosh murabbiy qidirmoqda.

Cadena Ser nashrining xabar berishicha, “ko‘rshapalaklar” dushanba kuni yangi murabbiy nomini e’lon qilmoqchi. Bu borada esa, Xavi Garsiya nomzodi asosiy bo‘lib turibdi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar hal qiluvchi bosqichga o‘tgan. Endi faqatgina klub xo‘jayini Piter Lim va Garsiya o‘zaro shartnoma shartlarini kelishib olsa bas.

Eslatib o‘tamiz, “Valensiya” o‘tgan oy Albert Seladesni iste’foga chiqargan edi. Garsiya esa «Uotford», «Rubin», «Malaga» va «Olimpiakos» klublarini boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!