"Valensiya" prezidenti o‘ziga tansoqchi yolladi

  • 16.08.2020 21:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Valensiya” prezidenti Anil Murti o‘ziga to‘pponcha bilan qurollangan tansoqchi yolladi. Superdeporte nashrining yozishicha, bu xabarni klubga yaqin manbalar ham tasdiqlagan.

Klub muxlislari so‘nggi paytlarda rahbariyatning yuritayotgan siyosatidan norozi bo‘lmoqda. Natijada, ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislar prezident Murtiga jiddiy tahdid qilmoqda.

“Valensiya” klubi xo‘jayini Piter Limaning qizi Instagramdagi sahifasida muxlislarga nisbatan shunday murojaat qilgan edi: “Bu bizning klub va biz bu erda nima xohlasak shuni qilamiz”. Keyinchalik ushbu post o‘chirib tashlandi, ammo rahbariyat va muxlislar o‘rtasidagi mojaro tempi hali ham tushgani yo‘q.

O‘tgan mavsum “Valensiya” La Ligada 9-o‘rinni egalladi va evrokuboklar yo‘llanmasidan quruq qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!