"Valensiya" ustozi: Bir stadionda ofsayd, boshqasida esa yo‘q

  • 30.04.2024 04:11
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ruben Baraxa "Barselona"ning ikkinchi goli shubhali kiritilganini aytdi. 

"O‘ylashimcha, Fermin ushbu epizodda ofsayd holatida edi. Buni qanday baholashni ham bilmayman. 

Hammasi juda tez sodir bo‘ladi. Men hakamning qarorini tushunmayapman. "Barselona" futbolchisi to‘pga etib olmoqchidek harakat qildi. Bunga o‘xshash vaziyatlarda gol hisoblanishiga ishonchim komil emas. Ba’zida bir stadionda ofsayd, boshqasida esa yo‘q",
- dedi "ko‘rshapalaklar" ustozi. 

Qayd etish lozim, bellashuvni Rikardo de Burgos boshchiligidagi hakamlar boshqarib bordi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
30/04/2024 11:19
Барса сотиб олгани аникку хакамни