"Valensiya" yangi haftani yangi murabbiy bilan boshlaydi
Xaver Garsiya "Valensiya"ning yangi bosh murabbiyi, deya xabar bermoqda Marca nashri.
50 yoshli mutaxassis ispan klubi bilan ikki yillik kelishuv imzoladi. Bu haqida tomonlar dushanba kuni rasmiy bayonot berishi kutilmoqda.
Mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkaza olmagan "Valensiya", iyun oyida Alberta Saladesni iste’foga chiqargan edi.
Ispaniya La Ligasining yakunlangan mavsumida "ko‘rshapalaklar" 53 ochko jamg‘arib, to‘qqizinchi o‘rinni band etdi.


Fikrlar