Van-Bissaka nima uchun kam maydonga tushmoqda? Ten Xag javob berdi

  • 23 dekabr, 2022, 02:05
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” futbolchisi Van-Bissaka klubni tark etishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Erik Ten Xag himoyachiga kam o‘yin amaliyoti berib kelmoqda. Murabbiy nima uchun unga imkon bermayotgani haqida gapirdi.

Tecno

“Van-Bissakaning kelajagi bor. U “Manchester Yunayted”da yaxshi damlarini o‘tkazdi. Mavsum boshida jaroxatlar sabab u kam o‘ynadi”, - dedi 52 yoshli mutaxassis.

Ayni dam Van-Bissaka yaxshi formada. U mashg‘ulotlarda qatnashmoqda va rivojlanmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi Ten Xag.

“Manchester Yunayted” Angliya Liga kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan “Byornli”ga qarshi o‘yinda 25 yoshli himoyachi asosiy tarkibda maydonga tushib, bitta assist amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!