
Van Damm vafot etdi
"Serkl Bryugge" klubi darvozaboni Migel van Damm 29 yoshida vafot etdi. Buni futbolchining oilasi ham tasdiqladi.
2016 yilning iyun oyida belgiyalik leykemiya tashxisi qo‘yilgan edi. 2017 yil mart oyida u kasallik ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qildi, ammo 2019 yilning yozida qaytalanish kuzatildi.
Van Damm butun faoliyatini "Serkl Bryugge"da o‘tkazgan va 44 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 60 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Darvozabon oxirgi marta 2018 yilning 26 sentyabr kuni rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan edi.
Fikrlar