
Van Deyk APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
"Liverpul" klubi himoyachisi Virjil van Deyk Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) talqini bo‘yicha APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli gollandiyalik futbolchi o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘plagan. Ushbu mukofot 28 aprel kuni topshiriladi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu mukofot uchun shuningdek Sadio Mane ("Liverpul"), Eden Azar ("Chelsi"), Raxim Sterling, Serxio Aguero va Bernardu Silva (barchasi – "Manchester Siti") kabi futbolchilarning ham nomzodi bor edi.
Ma’lumot uchun, van Deyk joriy mavsum “Liverpul” safida jami 44ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar