
Van Deyk Chempionlar ligasida hafta futbolchisi deb topildi
UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasining joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi.
Tashkilot rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra “Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk barchadan ko‘p ovoz to‘pladi va ushbu nomga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, gollandiyalik futbolchi shuningdek “Tottenxem”ga (2:0) qarshi o‘tkazilgan final uchrashuvining ham eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Fikrlar