Van Deyk kutilmagan xushxabar eshitdi
Og‘ir jarohat tufayli jamoasiga yordam bera olmayotgan Virjil van Deyk klubdan xushxabar eshitdi.
29 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha davom etadi. “Liverpul” rahbariyati niderlandiyalik himoyachiga maoshi oshirilgan yangi shartnoma imzolab, uni yanada uzoqroq muddatga jamoada qolishga ko‘ndirmoqchi.
“Liverpul” rahbarlari bu orqali Virjilni o‘z tarkibiga chorlayotgan “Bavariya”, PSJ va “Real” kabi jamoalarning yo‘lini yopishni rejalashtirgan.
Fikrlar