Van Deyk "Liverpul"ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 07.03.2019 20:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Gollandiyalik himoyachi Virjil van Deyk o‘tgan fevral oyi yakunlariga ko‘ra "Liverpul"ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

27 yoshli futbolchi muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada hammadan ko‘p ovoz to‘pladi. U fevral oyida jam 4ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Ma’lumot uchun, van Deyk joriy mavsum mersisaydliklar safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!