Van Deyk “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda maydonga tushadimi?
Ayni damda “Liverpul”ning bir qator futbolchilari jahon chempionatidan qaytib, mashg‘ulotlarga qo‘shildi. Klubni oldinda Angliya Liga kubogi doirasida “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin kutmoqda. Ushbu uchrashuv oldidan bosh murabbiy Yurgen Klopp safga qaytgan futbolchilarning qaysilari maydonga tushishini aytdi.
“Ha, klubga qaytgan futbolchilar o‘ynashi mumkin. Xendo allaqachon biz bilan birga. Virjil ham shu erda, lekin u “Manchester Siti”ga qarshi maydonga tushmasa kerak”, - dedi 55 yoshli mutaxassis.
“Asosiy tarkibni o‘yinga bir kun qolganda hal qilamiz. Bu ajoyib to‘qnashuv bo‘ladi. Uchrashuvni intiqlik bilan kutmoqdaman”, - deya qo‘shimcha qildi Klopp.
Ushbu mavsum bu ikki klub o‘zaro o‘ynab bo‘lgan. Premer-Liganing 11-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Liverpul” 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
Fikrlar