Van Deyk: "Oltin to‘p"ni Messi olishi kerak

  • 02.06.2019 12:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" klubi himoyachisi Virjil van Deyk Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgach, "Oltin to‘p" borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Messi – dunyoning eng zo‘r futbolchisi. “Oltin to‘p”ni u olishi kerak. Men bu sovrin haqida o‘ylamayapman. Agar g‘alaba qozonsam, uni qabul qilaman. Garchi, “Oltin to‘p”ga Messi munosibligini bilsamda. U Chempionlar ligasi finalida o‘ynagani yoki o‘ynamaganidan qat’iy nazar eng zo‘r futbolchi hisoblanadi”, - deydi gollandiyalik himoyachi.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsum EChLda 12ta gol bilan to‘purarlikni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!