Vardi Saudiya klubining taklifini rad etdi

  • 29 iyun, 2023, 16:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
"Lester" hujumchisi Jeymi Vardi Saudiya Arabistoni klubi taklifini rad etdi. 
 
"Sky Sports" nashrining yozishicha, "Al-Halij" jamoasi angliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi bo‘lgan, biroq Jeymi "tulkilar" safida qolishga qaror qilgan. Forvardning "Lester" bilan amaldagi bitimi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
 
Eslatib o‘tamiz, "Lester" yakunlangan mavsumda APLda qolish missiyasini uddalay olmay, Chempionshipga tushib ketdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!