
Vaziyat jiddiy: Ronalduning agenti Turinga etib keldi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh klub rahbariyati bilan muzokara o‘tkazish uchun Turinga etib keldi.
"Sky Sports" nashrining xabariga ko‘ra, Mendesh mijozini "Manchester Siti"ga olib o‘tmoqchi. Jorje "Yuve"ni 36 yoshli futbolchini tekinga yoki 25 million evrodan kamroqqa qo‘yib yuborishga ko‘ndirmoqchi.
Portugaliyalik yulduz jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas. Ronaldu xizmatiga "Siti"dan tashqari PSJ ham qiziqish bildirmoqda. Manchester klubi Krishtianuga 2 yillik shartnoma va yiliga 15 million evro maosh taklif qilmoqda.
Voqealar rivojini Sports.uz saytida kuzatib boring!
Fikrlar