Vegxorst “Manchester Yunayted” tarkibida qachon debyut qiladi?

  • 12 yanvar, 2023, 17:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” Vout Vegxorst transferini hal qildi. Futbolchi tez orada klub mashg‘ulotlarida ko‘rinish beradi.

Ten Xag niderlanliyalik futbolchining debyutini ko‘p kutmoqchi emas. U “Manchester Siti” ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi, deya xabar berdi “Talk Sport” nashri. Ushbu o‘yin Premer-liganing 20-turidan o‘rin olgan uchrashuv hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Vegxorstning 6 oylik ijarasi “qizil iblislar”ga 3 million evroga tushdi. U mavsum so‘ngida “Byornli”ga qaytishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!