Verner Bundesligaga qaytishi mumkin

  • 26.07.2021 14:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Timo Verner yana Bundesligaga qaytishi mumkin.

Fichajes nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 25 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga "Bavariya" jiddiy qiziqa boshlagan. Aytish kerakki, Verner "RB Leyptsig"da o‘ynab yurgan paytidayoq “Bavariya”ning e’tiboriga tushgan.

Timoning “Chelsi”dagi muvaffaqiyatsiz mavsumidan so‘ng boshqa jamoaga ketish ehtimoli yuqori ekanini inobatga olganda, myunxenliklar o‘z maqsadiga erishishlari mumkin.

Verner o‘tgan mavsum "Chelsi" safida jami 52 ta o‘yinda maydonga tushdi va 12 ta gol hamda 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 65 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!