
Verner o‘rniga "Leyptsig"ga osiyolik hujumchisi kelmoqda
“RB Leyptsig” klubi “Chelsi”ga ketadigan hujumchisi Timo Vernerga munosib o‘rinbosar qidirishni davom ettirmoqda.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “buqalar” bu borada “Zaltsburg” forvardi Xvan Xi Chxanga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Nemis klubi 24 yoshli koreyalik futbolchini so‘nggi bir necha yildan buyon kuzatib kelayotgan va uning agenti bilan muzokaralar o‘tkazayotgan edi.
“RB Leyptsig”da Verner o‘rniga shuningdek, Milota Rashitsaa (“Verder”) nomzodi ham bor.
Chxan joriy mavsum Avstriya chempionatida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar