
Verratti PSJ safida Chempionlar ligasida o‘ynay olmaydi
PSJ UEFAga Chempionlar ligasi guruh bosqichi uchun ariza topshirdi. Jurnalist Fabris Xokinsning xabar berishicha, o‘yinchilar ro‘yxatida yarim himoyachi Marko Verratti va hujumchi Ugo Ekitike yo‘q.
So‘nggi haftalarda Verratti Qatarning "Al-Arabi" jamoasi bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Italiyalik yarim himoyachi PSJ boshqaruvchisi Luis Enrikening rejalariga kiritilmagan. Ekitikega kelsak, u yozda "Ayntraxt"ga o‘tish ehtimoli bordek tuyuldi, ammo kelishuv amalga oshmadi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ Chempionlar ligasi guruh bosqichida "Borussiya" Dortmund, "Milan" va "Nyukasl"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar