Vidal" "Men "Barselona"da baxtsizman

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal "Inter"dan bo‘layotgan takliflar haqida gapirib o‘tdi.

"Konte bilan ajoyib davrlarda birga ishlaganmiz. Bu murabbiy mehnatlari sabab men eng yaxshi futbolchilardan biriga aylandim. Futbolda eng muhim narsa - murabbiy ishonchini his qilish.

Men "Barselona"dagi missiyamni bajarish uchun tinimsiz ishlashda davom etaman. Ammo bu erda baxtsizman. Vaziyatdan qutulib ketish va asosiy tarkibga qaytish uchun harakatdan to‘htamayman. Mening vaqtim hali kelmadi," - deydi Vidal.

Eslatib o‘tamiz, Vidal "Barselona"ga 2018 yil kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsumda olti o‘yinda ikkita gol kiritgan.

Vidal Konte qo‘l ostida "Yuventus"da 2011 yildan 2014 yilgacha to‘p so‘rgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!