Vinisius: "Terma jamoa futbolkasini kiyish — hayotimdagi eng katta iftixor"

  • 11.07.2026 10:52
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Zhunior Jahon chempionatidagi omadsiz ishtirokdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. «Pentakampionlar» 1/8 finalda Norvegiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani erta tark etdi.

 

Vinisius natijadan juda hafsalasi pir bo‘lganini aytdi. Shu bilan birga, u Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qilayotganidan faxr tutishini ta’kidladi. Futbolchi jamoa yana dunyo futboli cho‘qqisiga qaytishi uchun kurashishga va’da berdi.

 

«Deyarli to‘rt yil o‘tdi, va men yana jahon chempionatidagi navbatdagi alamli mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar yozish haqida o‘ylayapman. Turli yoshdagi shunchaki ko‘p insonlarning menga ishongan, orzumizni bo‘lishgan, qo‘llab-quvvatlaganini ko‘rdimki, sukut saqlash adolatdan bo‘lmasdi. Lekin buni anglab yetish uchun menga bir necha kun kerak bo‘ldi.

Terma jamoa futbolkasini kiyish — hayotimdagi eng katta iftixor. Jahon chempionatini 1/8 finalda tark etish esa ifoda etish qiyin bo‘lgan alamli hissiyot.

Qanchalik tayyorgarlik ko‘rganimni, qanchalik jamlanganimni, bu musobaqani sizlar uchun, oilam uchun qay darajada xohlaganimni yaxshi bilaman. Xafagarchilik hissi beqiyos. Bizda ko‘proq natijaga erishishga qodir jamoa bor edi, ammo bunga erisholmadik. Hammaning oldida uzr so‘rayman va yana orzumiz — dunyo futboli cho‘qqisiga qaytish uchun kurashishda davom etaman», — dedi Vini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!