
Vitaliy Denisov nihoyat "Krilya Sovetov" safida maydonga tushdi
Hamyurtimiz Vitaliy Denisov to‘p suradigan "Krilya Sovetov" klubi bugun "Sokol" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, jarohati sabab uzoq vaqtdan buyon maydonga tushmay kelayotgan vatandoshimiz ushbu bahsda ishtirok etdi.
"Krilya Sovetov" - "Sokol" - 1:0 (0:0)
Gol: Yakovlev, 62.
"Krylya Sovetov": Ryjikov, Shishkin (Konyuxov, 46), Denisov (Poluyaxtov, 46), Burlak (Samardjich, 46), Zotov, Roxel (Karpov, 46), Rabiu (Tkachuk, 46), Timofeev, Zinkovskiy, Kornilenko (Yakovlev, 46), Kanunnikov.
Ma’lumot uchun, "Krilya Sovetov" ayni damda Rossiya premer-ligasi musobaqa jadvalida 34 ochko bilan 11-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar