Vitinya: Umid qilaman, ertangi kun Modrich uchun yanada g‘amginroq bo‘ladi
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Vitinya 2026 yildgi jahon chempionati 1/16 final bosqichida Xorvatiyaga qarshi o‘yin oldidan raqib jamoa sardori Luka Modrich haqida fikr bildirdi. "Pari Sen-Jermen" futbolchisi xorvat yulduzi uning uchun namuna ekanini ta’kidladi, biroq shaxsiy hurmat va simpatiyalar baribir jamoaviy maqsadlardan past turishini qayd etdi.
"Modrich — men uchun qahramon. Unga qarshi maydonga tushganman, o‘yindan keyin futbolka almashganmiz. Lekin o‘zimni unga o‘xshatish yoki o‘xshamasligim haqida gapirishni yoqtirmayman. Ertaga uning kuni biznikiga qaraganda ancha g‘amginroq bo‘lishini istayman", — deya Vitinya so‘zlarini ESPN keltiradi.
26 yoshli yarim himoyachi mazkur turnirda Portugaliya terma jamoasining barcha uchrashuvlarida maydonga tushdi. Portugaliya K guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l oldi va 1/16 finalda L guruhini ikkinchi pog‘onada yakunlagan Xorvatiyaga qarshi o‘ynaydi. Bu juftlikda g‘alaba qozongan jamoa 1/8 finalga yo‘l oladi.

Fikrlar