
"VKontakte"da eng ko‘p tilga olingan sportchilar kimlar?
"VKontakte" ijtimoiy tarmog‘ida 2020 yilda eng ko‘p muhokama qilingan insonlar reytingi tuzib chiqildi.
Ushbu reyting Brand Analytics ijtimoiy tarmoqlari va media-tahlil tizimining ma’lumotlariga asoslangan holda tuzilgan. Reytingning eng yuqori pog‘onasidan Rossiya federatsiyasi prezidenti Rossii Vladimir Putin joy oldi. Kuchli uchlikda esa Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va AQSh prezidenti Donald Trampni ko‘rish mumkin.
Sportchilar orasida birinchilik UFC chempioni Habib Nurmagomedovga nasib etdi. U umumiy reytingda 6-o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinda "Barselona" forvardi Lionel Messi qayd etildi.
1. Vladimir Putin — 18,6 mln.
2. BTS — 8,6 mln.
3. Morgenshtern — 3,2 mln.
4. Aleksandr Lukashenko — 3,1 mln.
5. Donald Tramp — 2,9 mln.
6. Habib Nurmagomedov — 2,8 mln.
7. Aleksey Navalniy — 2,6 mln.
8. Lionel Messi — 2,3 mln.
9. Olga Buzova — 1,7 mln.
10. Sergey Sobyanin — 1,6 mln.
Fikrlar