"Vodiy derbisi"da kuchlar teng keldi
Biroz oldin Superliga 20-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" hamda "Andijon" jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi.
Uchrashuvda mehmonlar Vasiliy Sovpelning 55-daqiqada urgan goli evaziga dastlab hisobda oldinga chiqib olishdi. Biroq keyinchalik bosh hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda mezbonlar a’zosi Ivan Yosovich muvozanatni tikladi.
Shu tariqa jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oladigan bo‘ldi. Andijonliklar ochkolarini 16, qo‘qonliklar esa 25 taga etkazib oldi.

Fikrlar