
"Vodiy derbisi"da "Navbahor" g‘alaba qozondi
Superliga 25-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Navbahor" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda
mehmonlar raqibdan 2:1 hisobida ustun keldi.
O‘yinning 67-daqiqasida Igor Golban hisobni ochgan bo‘lsa, Boyan Naydenov 87-daqiqada oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Asosiy vaqt yakunida Usmonali Ismonaliev hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng namanganliklar ochkolari sonini 39 taga etkazib oldi. Ayni damda ular 6-o‘rinda bormoqda. 19 ochkoga ega "Andijon" 13-pog‘onada joylashgan.
Fikrlar