
WBA reytingida Otabek Xolmatov keskin ko‘tarildi. Barcha bokschilar o‘rni bilan tanishing
Professional boks tayanch tashkilotlaridan biri bo‘lgan Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) mart oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi. Unda o‘zbek bokschilari quyidagi o‘rinlarda qayd etilgan:
Super yarim o‘rta vaznda (69,8 kg): Isroil Madrimov 1-o‘rin,
Super engil vazn (63,5 kg): Shahram G‘iyosov 7-o‘rin, Shohjahon Ergashev 12-o‘rin, shuningdek, Botir Ahmedov ham O‘zbekiston nomi bilan 5-o‘rinda qayd etilgan.
Yarim engil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov eliminator jangida g‘olib bo‘lgach, o‘tgan oydagi 12-o‘rindan keskin yuqorilab 2-o‘ringa joylashgan,
Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev jahon chempioni sifatida reyting yuqorisida,
Birinchi o‘ta engil vazn (48,9 kg): Hasanboy Do‘smatov 3-o‘rinda o‘zgarishsiz qoldi.
Fikrlar