WBA tashkiloti Menni Pakyaoga chempionlik kamarini qaytarib bermaydigan bo‘ldi

  • 10 iyul, 2021, 13:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Menni Pakyao 2019 yilda amerikalik Kit Turmanni mag‘lub etib, yarim o‘rta vaznda (-66,8 kg) WVA Super chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi. Shundan so‘ng, Pakyao uzoq vaqt davomida kamarini himoya qilmagan va unga "ta’tildagi chempion" maqomi berilib, WBA Super chempionlik kamari kubalik Yordenis Ugasga o‘tgan. 

Tecno

21 avgust kuni Pakyaoning WBC va IBF chempioni Errol Spensga qarshi jangi e’lon qilingach, WBA tashkilotiga uning kamari qaytarilishi borasida so‘rov yuborilgan. Ammo tashkilot bu so‘rovni rad qildi. Ular o‘rtasidagi jangga faqat Spensga tegishli bo‘lgan WBC va IBF jahon chempionlik kamarlari tikiladigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
10/07/2021 15:11
Спенсни камарлари хам узига тегишли эмас! Спенс 3-4йилдан бери мажбурий химоядан кочиб юрибди. Бу камарлар Кудратиллога тегишли булиши керак эди!