WBC reytingi yangilandi, Azizbek Abdug‘ofurov kuchlilar safiga qaytdi, Holmatov esa ilk bor reytingda

  • 14 may, 2022, 11:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Butunjahon boks kengashi (WBC) may oyi bo‘yicha yangilangan reytingini e’lon qildi. O‘tgan oyda Fedor Chudinovni mag‘lub etgan Azizbek Abdug‘ofurov yana kuchli 15talikda qayd etildi. Boshqa tashkilotlardan farqli o‘laroq, WBC 40 talik reytingni e’lon qiladi. Unda hamyurtlarimiz o‘rinlari bilan tanishing:

Og‘ir vazn: Bahodir Jalolov 32-o‘rin;

Super o‘rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdug‘ofurov o‘tgan oydagi 28-o‘rindan 15-o‘ringa ko‘tarildi, Bektemir Meliqo‘ziev 39-o‘rin;

Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 9-o‘rin;

Yarim o‘rta vazn (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov 21-o‘rin; Shahram G‘iyosov yangi vaznga o‘tkazilib, 26-o‘ringa joylashtirildi;

Super engil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 22-o‘rindan bir pog‘ona pastlab 23-o‘ringa joylashdi;

Yarim engil vazn (57,1 kg): Otabek Holmatov ham reytingga kiritilib 34-pog‘onaga loyiq ko‘rilgan;

Birinchi yarim engil vazn (55,3 kg): Islombek Pirmanov 40-o‘rindan 2 pog‘ona yuqoriladi va 38-o‘ringa joylashdi;

Birinchi o‘ta engil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do‘smatov 14-o‘rindan 15-o‘ringa pastladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!