
WBC reytingi yangilandi. O‘zbek bokschilari qaysi o‘rinlarda?
WBC noyabr oyi uchun reytingni yangiladi. Unga ko‘ra, yarim o‘rta vaznda (66.6 kg) Qudratillo Abduqahhorov reytingning 8-pog‘onasida qayd etilgan.
Super o‘rta vaznda (76.2 kg) WBC Silver kamari sohibi Azizbek Abdug‘ofurov esa, o‘tgan oydagi kabi 6-o‘rinni saqlab qoldi. Kuchli 15 talikdan boshqa o‘zbekistonlik bokschilar o‘rin olmagan.
Ammo WBC boshqa yo‘nalishlardan farqli o‘laroq, 40 talik reytingni e’lon qiladi. Undagi hamyurtlarimiz super o‘rta vazn toifasida (76 kg) faoliyat olib borayotgan Bektemir Meliqo‘ziev 30, super yarim o‘rta vaznda (69.8 kg) Isroil Madrimov 21, super engil vazn toifasida (63.5 kg) Shohjahon Ergashev 23 va Anvar Turopov 39, birinchi o‘ta engil vaznda ( 48.9 kg) Hasanboy Do‘smatov 33-o‘rindan joy olgan.
Fikrlar